«yevropa ittifoqi» tegli maqolalar


3−4-aprelda birinchi YI — MO sammiti o‘tkaziladi
13 fevral 2025, 21:18

3−4-aprelda birinchi YI — MO sammiti o‘tkaziladi

Yevrokengash va Yevropa komissiyasi prezidentlari Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen YI — Markaziy Osiyo birinchi sammitida ishtirok etish uchun 3−4-aprelda O‘zbekistonda bo‘ladi. Kun tartibida — transport va raqamli aloqa, strategik xomashyo, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish.

“Ukraina va Yevropa har qanday muzokaralarning bir qismi bo‘lishi kerak”. Yevropa siyosatchilari Trampning bayonotlariga munosabat bildirdi
13 fevral 2025, 17:19

“Ukraina va Yevropa har qanday muzokaralarning bir qismi bo‘lishi kerak”. Yevropa siyosatchilari Trampning bayonotlariga munosabat bildirdi

Yevropa davlatlari TIV rahbarlari Trampning Kiyev o‘z yerlarini qaytarib olishi dargumonligi haqidagi so‘zlariga javoban Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va uning hududiy yaxlitligini qo‘llashga tayyorligini bildirdi. “Ukraina va Yevropa har qanday muzokaraning bir qismi bo‘lishi kerak”, — dedi vazirlar.

Armaniston parlamenti YIga kirishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
12 fevral 2025, 16:11

Armaniston parlamenti YIga kirishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Avvalroq bosh vazir Pashinyan loyiha YIga to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zolikni anglatmasligi va bu masala bo‘yicha qaror referendum orqali qabul qilinishini aytgandi.

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari KSHHT tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi
24 yanvar 2025, 00:42

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari KSHHT tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Antoniu Koshta telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi.

Samarqandda aprelda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo sammiti bo‘lib o‘tadi
22 yanvar 2025, 15:19

Samarqandda aprelda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo sammiti bo‘lib o‘tadi

Aprel oyida Samarqandda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Avvalroq tadbir YeIda o‘tgan yili yangi hukumat tuzilgani sababli 2024-yildan 2025-yilga ko‘chirilgan edi.

Armaniston hukumati YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
9 yanvar 2025, 12:51

Armaniston hukumati YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Endi hujjat parlamentga yuboriladi. Bosh vazir Nikol Pashinyan bunday qaror faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi mumkinligini aytdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi
7 yanvar 2025, 19:27

O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo — YI sammitini intiqlik bilan kutayotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalari kirishi uchun yig‘imlarni oshirdi, Eron uchun stavkalarni nolga tushirdi
2 yanvar 2025, 21:53

O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalari kirishi uchun yig‘imlarni oshirdi, Eron uchun stavkalarni nolga tushirdi

O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalarini olib kirish uchun yig‘imlarni 80−100 dollarga oshirdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ozarbayjon uchun yuk transportining bo‘lish vaqti bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etildi. Eron uchun stavka nolga tenglashtirildi.

YI Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan olib chiqishni muhokama qilmoqchi
17 dekabr 2024, 13:58

YI Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan olib chiqishni muhokama qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan chiqarishni muhokama qilmoqchi, deb xabar berdi ittifoq oliy vakili Kaya Kallas. Ittifoqning ko‘pgina rasmiylari Suriyada Rossiya harbiylari bo‘lmasligi tarafdori. Bu masala “Suriya rasmiylari bilan uchrashuvlarda ko‘tariladi”.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi
16 dekabr 2024, 16:54

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi

Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketini ma’qulladi. 54 nafar jismoniy shaxs va 30 ta, jumladan, Xitoy, Hindiston, BAA va boshqa mamlakatlar tashkilotlari cheklovlarga uchradi. Yangi choralar Rossiyaning “soyadagi floti”ga ham qaratildi.

O‘zbekiston YeIga bojsiz eksport imtiyozlarini 10 yilga uzaytirishni taklif qildi
10 dekabr 2024, 10:24

O‘zbekiston YeIga bojsiz eksport imtiyozlarini 10 yilga uzaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqiga GSP+ savdo imtiyozli rejimini yana 10 yilga uzaytirishni, shuningdek, bojsiz eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Yevropa standartlariga moslashtirish masalalari va boshqalar muhokama qilindi.

“Transkaspiy transport yo‘lagi Markaziy Osiyoning iqtisodiy integratsiyasi uchun imkoniyat yaratadi” — IHTT vakili
9 noyabr 2024, 16:09

“Transkaspiy transport yo‘lagi Markaziy Osiyoning iqtisodiy integratsiyasi uchun imkoniyat yaratadi” — IHTT vakili

Yevropa iqtisodiyoti kunlari davomida Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yuk tashuvini rivojlantirishda O‘zbekistonning roli muhokama qilindi. Mutaxassislar Transkaspiy transport yo‘lagi rivojlanishi uchun zarur omillar, jumladan, infratuzilmani kengaytirish va logistika, bojxona jarayonini raqamlashtirishni ta’kidladi.

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar
7 noyabr 2024, 15:56

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.

AQSh va YeI Gruziya saylovlaridagi qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqirdi
28 oktabr 2024, 13:30

AQSh va YeI Gruziya saylovlaridagi qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqirdi

AQSh va Yevropa Ittifoqi Gruziyada o‘tgan parlament saylovlarida yo‘l qo‘yilgan barcha qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqirmoqda. Gruziya prezidenti esa saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va fuqarolarni norozilik namoyishlari o‘tkazishga chorladi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi
11 sentabr 2024, 16:37

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Toyvo Klaar o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Uni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qutladi. So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi
3 sentabr 2024, 18:33

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voytsexovskiy 5−6-sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U hukumat vakillari bilan uchrashadi va dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha forumda nutq so‘zlaydi.

YI va BMTTD Toshkent viloyatida quyosh energiyasi asosidagi tomchilatib sug‘orish tizimini ishga tushirdi
8 avgust 2024, 21:44

YI va BMTTD Toshkent viloyatida quyosh energiyasi asosidagi tomchilatib sug‘orish tizimini ishga tushirdi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi ishga tushirildi, loyiha BMTTD va YI hamkorligida amalga oshirildi. Suv quyosh panellari energiyasidan foydalangan holda 180 m chuqurlikdagi quduqdan chiqariladi. Tizim quvvati 3 ga yerni sug‘orishga yetadi.

YIning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi
18 iyul 2024, 02:23

YIning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi.

YI davlatlari Afg‘onistonda elchixonalar ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg
16 iyul 2024, 23:28

YI davlatlari Afg‘onistonda elchixonalar ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Bir qator YI davlatlari Afg‘onistonda 2021-yilda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yopilgan elchixonalarini qayta ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg.

Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni to‘xtatildi
9 iyul 2024, 14:41

Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni to‘xtatildi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi. Mamlakatda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi nomzodga ko‘rsatilgan qadamlardan chekinish deb baholandi. Yevrokengash, shuningdek, Tbilisini “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting